Saudiya Arabistoni: ozod qilingan blogger Raif Badaviyga 10 yilga sayohat qilish taqiqlandi

Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari ozodlikka chiqqan bloger Raif Badaviyning 10 yilga sayohat qilish taqiqini yana bir bor tasdiqladi.
2012-yilda Saudiya Arabistonida “islomni haqorat qilish”da ayblanib qamoqqa olingan 38 yoshli Badaviy juma kuni ozodlikka chiqdi. Ammo u 10 yil mobaynida Saudiyani tark eta olmaydi.
2014 yil oxirida Badaviy 10 yil qamoq jazosiga va 20 hafta davomida haftasiga 50 darra urishga hukm qilingan edi.
Uning qirollikdagi Jidda maydonidagi birinchi kaltaklanishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan «shafqatsiz va g’ayriinsoniy» deb ta’riflangan. E’tiroz bildirganidan keyin uni qamchilash to’xtatilgan edi.
Kanadaning Kvebek provinsiyasi Badaviyga agar u xohlasa, mamlakatda boshpana topishiga yo’l ochib berib, uni gumanitar sabablarga ko’ra potentsial muhojirlarning ustuvor ro’yxatiga kiritishi mumkinligini aytdi.
Badaviyning qilgan ishi G’arb davlatlarida olqishlanib, uni hatto 2014-yilda “Chegara bilmas muxbirlar” mukofotining g’olibi deb topilgan edi.
