Ruanda Turkiyadan Bayraktar TB2 sotib oladi

Ruanda Turkiyadan 12 ta Bayraktar TB2 samolyotini sotib olish bo’yicha muzokaralar olib bormoqda.
2021 yil fevral oyida Turkiyadan 15,9 million dollarlik mudofaa mahsulotlarini harid qilgan Ruanda, Turk samolyotlariga qiziqish bildirmoqda.
Ruanda Baykardan kamida ikkita Bayraktar TB2 kompleksini, jami 12 ta dron sotib olish bo’yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
7 sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu va Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Vinsent Biruta Anqarada uchrashdi. Chavushog’lu, ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan bayonotida, mudofaa sanoati, savdo, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilganlarini ma’lum qildi.
Taxminlarga ko’ra, Ruanda sotib oladigan dronlar Ruandaning Mozambikda IShID bilan bog’liq guruhlarga qarshi hujumlarida va boshqa harbiy operatsiyalarda ishlatiladi.
Ruanda joriy yilning iyulida Mozambikga qo’shin kiritdi. Ruandadan tashqari, mintaqada Janubiy Afrika Taraqqiyot Hamjamiyati va Portugaliya boshchiligidagi Yevropa davlatlarining vakolatlari ham joylashtirildi.
O’z navbatida Ruanda ushbu kuchlar orasida ustunlikka erishish uchun TB2 -larni ishlatmoqchi.
