Rossiyaning Qrim tatarlariga nisbatan bosimlari davom etmoqda

Xabar qilinishicha, Rossiya ma’muriyatining Hizb ut-Tahrir ishi doirasida hibsga olingan 61 yoshli qrim-tatar siyosiy mahbusi kasalxonaga yotqizilgan.
«Qrim birdamligi» bayonotida ma’lum bo’lishicha, kecha o’tkazilgan sud jarayonida Gaziyevning Rostov shahridagi 19 -sonli shifoxonaning nevrologiya bo’limiga yotqizilgani xabar qilingan.
Eslatib o’tamiz,, iyul oyi boshida Rossiyaning Rostov viloyatidagi hibsxonada saqlanayotgan 61 yoshli qrim-tatar siyosiy mahbusi Servet Gaziyev vaqtinchalik insult bilan kasallangani haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, Gaziyev oldingi sud majlisiga olib kelinmagan edi. Bayonotda Gaziyev aynan qanday vaziyatda ekani ma’lum emas. Gaziyev sudga keltirilmagani uchun sudya sud majlisini 2021 yil 9 sentyabrga qoldirishga qaror qildi.
Bugun ertalab Rossiya xafsizlik xizmati Perevalnoye qishlog’ida yashovchi tatar Eldor Odamanovning uyiga bostirib kirgani xabar qilindi. Rossiya kuchlari Odamanovning uyini tungi soat 6:00 da tintuv qila boshlagan. Tintuvdan so’ng uydan topilgan ikkita kompyuter, ikkita telefon va ikkita flesh -disk olib qo’yilgan. Bundan tashqari, FSB (Rossiya Federal xavfsizlik xizmati) xodimlari Eldor Odamanovni qo’lga olishgan.