Rossiya va Eron qo’llab-quvvatlaydigan Asad rejimi Idlibga qo’shimcha harbiy texnikalar jo’natishni kuchaytirmoqda

Rossiya va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan Asad rejimi kuchlari muxolifat nazoratidagi Idlibga harbiy qurol-aslaha yetkazib berishni tezlashtirmoqda.
Oxirgi haftalarda Rossiya harbiy samolyotlari Idlibni havodan bombardimon qilishni kuchaytirdi, Asad rejimi va Eron kuchlari esa Idlibni quruqlikdan shiddat bilan bombardimon qilmoqda.
Mintaqadagi kuzatuvchilar, rejim kuchlari Idlibning janubiy qishloqlaridagi Jabal Zaviya hududini nazorat qilishga tayyorlanmoqda.
Jumladan Suriyalik istefodagi general va harbiy ekspert Turkiy al-Hassan Rossiya va Asad rejimi Idlibni nazorat ostiga olishga qaror qilganini da’vo qildi.
Oq Partiya Matbuot kotibi Umar Chelik, partiyasining Markaziy Ijro Kengashi (MYK) yig’ilishidan keyingi bayonotida, «Idlibda yuzaga kelgan keskinlik yangi migratsiya to’lqinlari va gumanitar fojialarni keltirib chiqaradi» deya ta’kidlagan.
Avval xabar berganimizdek Turkiya harbiylari Idlib viloyatida qo’shimcha himoya postlarini qurmoqdalar. Bundan tashqari Turkiya hukumati hududdagi tinch aholiga gumanitar yordamlar yetkazib berishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan bugun Turkiyadan Idlib viloyatidagi mahalliy musulmonlar uchun Bab al-Hava chegara-o‘tkazish punkti orqali 51 ta yuk tashuvchi transport vositalarida insonparvarlik yordami olib kirildi.
