Rossiya Turkiyaning Idlibdagi harbiy nuqtasi perimetrini samolyot bilan bombardimon qildi

Xabar qilinishicha, Rossiya harbiy samolyotlari Suriyaning Idlib shahridagi Jabal Arbain janubidagi qishloqlari hududida joylashgan turk harbiy nazorat-o‘tkazish punkti atrofini bombardimon qilgan.
Rudaw gazetasining Suriya Inson Huquqlari Observatoriyasidan (SOHR) iqtibos keltirgan xabariga ko’ra, Rossiya harbiy samolyotlari Turk Qurolli Kuchlari nazorat punkti joylashgan Idlibning Shinan shaharchasi atrofidagi hududni bombardimon qildi.
Manbalarning xabar berishicha, samolyotdan otilgan ikkita raketa parchalari atrofga tarqalib ketgan, biroq qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Bu Rossiya jangovar samolyotlarining 36 kunlik tanaffusdan so’ng amalga oshirilgan avia hujumidir. So’nggi bor rus samolyotlari 6-fevral kuni Idlib qishloqlaridagi Kafr Shila atrofiga havo hujumi uyushtirgan edi.
Ma’lumotlarga ko’ra. Rossiya harbiy samolyotlari 2022-yil fevral oyining o’zida “deeskalatsiya zonasi”ga sakkiz marta havo hujumi uyushtirgan.
