Rossiya tashviqot ishlariga milliardlab pul sarflamoqda

Rossiya hukumati Ukraina bilan urush davrida davlat ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirishni keskin oshirdi, shundan so’ng davlat tashviqoti darajasi Stalin davridagi Sovet Ittifoqi davridan beri kuzatilmagan darajaga yetdi.
Moliya vazirligining operativ statistik ma’lumotlariga ko’ra, yanvar-mart oylarida federal byudjetdan «ommaviy axborot vositalari» moddasi bo’yicha 17,4 milliard rubl (~250 million dollar) ajratilgan.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 mlrd. rubl ko’p degani. Boshqacha qilib aytganda,davlat telekanallari, agentliklari va nashrlariga sarflangan mablag‘ 3,2 barobarga oshgan. Harbiy harakatlar davom etayotgan mart oyida byudjetdan ushbu maqsadlar uchun 11,9 milliard rubl sarflandi – bu yanvar-fevraldagi umumiy (5,5 milliard) ikki baravar ko’p degani.
