Rossiya Suriya qurolli kuchlarini Ukrainaga kiritadi

Amerikaning Wall Street Journal gazetasi Kreml Suriyadagi jangarilarni Ukrainadagi shahar urushlaridan foydalanish uchun bu mamlakatga olib ketishga tayyorlanayotganini yozdi.
AQSh rasmiylariga tayangan xabarga ko’ra, so’z ketgan suriyaliklarning bir qismi Ukrainaga olib ketilishi uchun Rossiyada saqlanmoqda.
Deyr az-Zor shahrida nashr etilgan bir gazeta, suriyalik ko’ngillilarga 200 dan 300 dollargacha maosh taklif qilinganini yozdi.
Ish e’lonida suriyaliklarga Ukrainada «qo’riqchi» bo’lib ishlashi aytilgan.
Kreml Suriyadagi fuqarolar urushi davrida shaharlardagi mojarolarda tajriba orttirgan bu jangchilardan Ukraina shaharlarida vaziyat keskinlashgan chog’da foydalanmoqchi ekani yozilgan.
