Rossiya samolyotlari Idlib shimolida qatliom uyushtirdi

Bugun, payshanba kuni Rossiya harbiy samolyotlari Idlib shimolidagi Kafriya shahri chekkasiga qishloqlarda qirg‘in sodir etib, aksariyati bolalar bo‘lgan bir qancha tinch aholining hayotiga zomin bo’ldi.
Hujum natijasida jami besh kishi halok bo’ldi.
Mahalliy muhbirlar shahidlar orasida bir oiladan 3 nafar bola, bir ayol va bir erkak borligiga ishora qilib, hujum vaqtida qochqinlar bilan gavjum hudud nishonga olingani uchun bir qancha tinch aholi vakillari ham jarohatlanganini bildirdilar.
Rossiya harbiy samolyotlari bir necha kunlik nisbiy xotirjamlikdan so‘ng Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatiga raketa hujumlarini qayta boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi kecha, chorshanba kuni Suriya bo‘yicha kafil davlatlar talabiga ko‘ra Ostona muzokaralarining yangi raundini tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi va bu portlash o‘sha uchrashuvlar uchun debochasi bo‘lishi ham istisno emas.
