Rossiya Kiyevda urib tushirgan Bayraktar TB2 suratlarini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev yaqinidagi hududda urib tushirilgani aytilgan Bayraktar TB2 tipidagi qurolli uchuvchisiz havo vositasi qoldiqlari tasvirlarini chop etdi.
Tasvirlarda qulagan samolyotning ko‘p bo‘laklarga bo‘lingani ko‘rish mumkin. Bu dronning havo mudofaa tizimlari yoki rus qiruvchi samolyotlari tomonidan nishonga olingani tahmin qilinmoqda.
Agar tasdiqlansa, bu Rossiya Ukrainaga bostirib kirishini boshlaganidan buyon birinchi tasdiqlangan Bayraktar TB2 yo‘qotilishi bo‘ladi.
Ukraina armiyasi Turkiyadan sotib olingan Bayraktar TB2 harbiy dronlaridan rus armiya kuchlariga qarshi mamlakat hududida faol foydalanmoqda.
