Rossiya Idlib qishloqlaridan chiqib ketyapti
Ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiy kuchlari Idlib qishloqlaridagi hududlardan chiqib ketgan.
Mintaqaviy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya harbiy kuchlari so’nggi paytlarda Idlib qishlog’idagi Serakib shahrida joylashgan harbiy kuchlarini mintaqaning janubiga ko’chirgan.
Manbalarga ko’ra, rus askarlari, artilleriya va raketa tizimlari, tanklar va boshqa ko’plab harbiy texnika hududdan olib chiqilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya kuchlari 24-fevral kuni harbiy amaliyotlarni yakunlashdi.
Moskva ma’muriyati esa, Serakibdagi rus askarlari muholif hujumlaridan himoyalanish uchun chekinganligi haqidagi xabarni tasdiqladi.