Rossiya: FSB muhojirlar uchun noqonuniy hujjatlar tayyorlab kelgan guruh faoliyatiga chek qo’ydi

Rossiya, FSB muhojirlarni, jumladan, FHDYo idoralari orqali qonuniylashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatdi.
Berilgan rasmiy bayonotga ko’ra, qo’lga olingan guruh a’zolari Markaziy, Shimoli-g‘arbiy va Volga federal okruglari hududidagi chet-el fuqarolari uchun noqonuniy hujjatlar tayyorlash bilan shug’ullanib kelganlar. Jumladan mo’may pul evaziga xorijliklar bilan soxta nikoh yoki otalikni rasmiylashtirishga tayyor bo‘lgan Rossiya fuqarolarini qidirib topishgan, shundan so‘ng Rossiyaning turli shaharlaridagi FHDYo xodimlari orqali chet el fuqarolarining mamlakt hududida qolishlarini ta’minlashgan, hatto Rossiya fuqaroligini olishlarida yaqindan yordam berib kelishgan. Mahsus reyd davomida guruhning 24 nafar faol a’zolari qo’lga olindi.
Holat yuzasidan tergov ishi ochilib, jami 42 nafar sudlanuvchiga nisbatan 43 ta tintuv o‘tkazildi, ulardan 20 tasi Moskva viloyati hududida amalga oshirilgan. “Yer osti bosmaxonaning joylashgan joyi aniqlanib, katta miqdordagi migratsiya hujjatlari, davlat organlari va boshqa muassasalarning qalbaki muhr va shtamplari, yashirin moliyaviy hisobot materiallari, shuningdek, noqonuniy yo‘llar bilan olingan mablag‘lar olib qo‘yildi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning aniqlik kiritishicha, noqonuniy sxemalar bilan shug‘ullangan rossiyaliklar 50 ming rublgacha maosh olgan. Huquq-tartibot idoralari Moskva, Vologda, Novgorod, Yaroslavl va Tver viloyatlarida ayblanuvchilar ustidan tintuv o‘tkazdi.
