Rossiya bir oy davomida Ukrainadagi 64 kasalxonani bombardimon qildi

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bayonotida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sog’liqni saqlash tizimlariga salbiy ta’sir ko’rsatganligi ta’kidlandi.
JSST bayonotida, Rossiya bosqinidan buyon 64 sog’liqni saqlash markaziga hujum qilingani, bu hujumlarda kamida 15 kishining halok bo’lgani, 37 kishining yaralangani bildirildi.
Bayonotda, sog’liqni saqlash xizmatlariga uyushtirilgan hujumlarning bir xil «urush taktikasi» ekanligi va bu taktikaning odamlarni umidsiz qoldirish ekanligi iddao qilindi.
