Rossiya armiyasi Xerson yaqinidagi harbiy bazani egallab oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi Xerson viloyatidagi Ukraina harbiy bazasi ishg‘ol qilinganini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya qurolli kuchlari Xerson viloyatining Radensk qishlog‘i yaqinidagi Ukraina harbiy bazasini nazoratga olgan.
“Ukraina harbiylari shoshilinch ravishda oʻz pozitsiyalarini tark etdi, bazani jihozlar, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar bilan tark etdi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Bazada Ukraina tanklari T-64 va T-80 joylashgan edi.
