Ramazon oyida Falastinda keskinlik kuchayishi mumkin

Bu yil yahudiylarning baʼzi muqaddas kunlari va bayramlari musulmonlarning Ramazon oyiga toʻgʻri keladi.
Falastin axborot markazi maʼlumotlariga koʻra, yahudiylar Masjidul-Aqsoga bostirib kirib, u yerda marosimlar oʻtkazishni rejalashtirgan.
Biroq, Ramazon oyida Masjidul-Aqsoda musulmonlarning faoliyati, ibodatlari va ziyoratlari ko’payadi. Bundan tashqari, tarovih namozlari kechasi o‘qiladi.
Shuningdek ko’plab musulmonlar Ramazon oyida e’tiqof bilan shug’ullanadilar. Ayniqsa Quddusda va 1948 yilda bosib olingan hududda istiqomat qiluvchilar e’tikof uchun Masjidul-Aqsoni afzal ko’radilar.
Shu sababli, Ramazon oyida yahudiylarning Masjid-i Aqsoga bostirib kirishi musulmonlar tomonidan reaktsiyaga sabab bo’lishi va buning taranglikka sabab bo’lishi taxmin qilinmoqda.
Shu sababdan, Isroil boshqaruvining yahudiy guruhlarning Ramazon oyida taranglik keltirib chiqarishiga ruxsat berishi xavfli o’zgarishlarga yo’l ochishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
O’tgan yili Ramazon oyida mintaqadagi keskinlik kuchayishi G’azo sektorida urushga olib kelgan edi.
