Qatar amiri gaz ta’minoti xavfsizligini ta’minlash uchun muloqotga chaqirdi

Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tani global tabiiy gaz ta’minoti xavfsizligini ta’minlash uchun yaqinroq muloqotga chaqirdi va Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlik fonida Yevropada gaz inqirozi yuzaga kelishi mumkinligini istisno etmadi.
Qatar amiri Dohada boʻlib oʻtgan 6-Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumida (GECF) “Tabiiy gaz… energetika kelajagini belgilovchi” mavzusidagi ochilish nutqida Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi mavjud vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirdi.
Al-Tani butun dunyo boʻylab ikki yildan beri davom etayotgan pandemiya bilan bogʻliq qiyinchiliklarga eʼtibor qaratdi.
“Qatar Shimoliy konda ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari orqali 2027 yilga kelib suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni 77 million tonnadan 126 million tonnaga oshirishga harakat qilmoqda. Doha gaz eksportchilari va iste’molchilari manfaatlarini, shuningdek, a’zo davlatlarning tabiiy resurslarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — dedi al-Tani.
