Putin Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi

Moskva va Toshkent hamkorligi Oʻzbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorligimiz Oʻzbekistonning imkoniyatlari oʻsishi, mamlakat fuqarolarining farovonligini oshirishga xizmat qilishiga aminman”, – dedi Rossiya yetakchisi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chogʻida.
«Oʻzbekiston shunchaki eng yaqin qoʻshnimiz emas, balki ittifoqchi hamdir – biz Oʻzbekistonga aynan shunday munosabatda boʻlamiz. Tarixan ham, bugungi kunda ham koʻp narsa bilan bizni bogʻlaydigan yirik mintaqaviy davlat», – dedi Putin.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston umumiy savdo aylanmasining 18 foizi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi. Savdo aylanmasi oʻsib bormoqda: pandemiyaga qaramay, oʻtgan yili u 15 foizdan ortiq oʻsdi.
«Bu juda yaxshi koʻrsatkich, hatto ogʻir paytlarda ham biz oʻzaro aloqadamiz va muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqdamiz», – deb qoʻshimcha qildi RF yetakchisi.
«Rossiya tomonidan yaxshi miqdorda investitsiyalar – 10 milliard dollardan ortiq. Qiziqarli loyihalar mavjud boʻlib, bugungi kunda ham mintaqaviy, ham davlatlararo miqyosda – barcha yoʻnalishlarda ishlar davom etmoqda. Bu iqtisodiyot, gumanitar aloqalar va transport infratuzilmasiga taalluqli», – dedi Vladimir Putin.
