Polsha chegara qo‘riqchilari bir sutkada 599 ta noqonuniy chegarani kesib o‘tishga urinishlarning oldini oldi

O‘tgan sutka davomida Polsha chegara xizmati Belarusdan Polshaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishga 599 ta urinishning oldini oldi, qochqinlarga yordam berganlik uchun uch kishini, shu jumladan bir Rossiya Federatsiyasi fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda chorshanba kuni departament o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi.
«Kecha biz Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o’tishga 599 ta urinishni qayd etdik. To’qqiz kishi qo’lga olindi. 48 kishiga Polshadan chiqib ketish to’g’risida qaror chiqarildi. Uch kishi yordam uchun qo’lga olindi», – deyiladi xabarda. Hibsga olinganlardan biri Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, biri Shvetsiya va yana biri Litva fuqarosi.
Seshanba kuni chegara xizmati Polsha hududiga noqonuniy ravishda kirishga 309 ta urinish haqida xabar bergan edi. Ushbu statistikadagi rekord raqam bir oy oldin qayd etilgan bo’lib, o’shanda 739 ta urinishning oldi olingan.
Dushanba kuni Kuznitsa chegara punktida Belarusdan Polsha chegarasiga bir necha ming muhojir yaqinlashdi. Ulardan ba’zilari tikanli sim panjarani demontaj qilishga uringan, Polsha xavfsizlik kuchlari esa ko’zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Chegarani kesib o‘tishga urinish muvaffaqiyatsiz tugagach, muhojirlar chodirlar lagerini qurdilar.
Polsha chegara xizmatining hisob-kitoblariga ko’ra, hozirda Polsha chegarasiga yaqin joyda Yevropa Ittifoqi hududiga kirishga harakat qilayotgan 2 mingdan 4 minggacha odam bor. Vaqti-vaqti bilan ular chegarani buzib kirishga urinishmoqda. O’tgan kun davomida bir nechta bunday urinishlar bo’lgan, ikkitasi muvaffaqiyat qozongan, ammo Polsha hududiga bostirib kirgan bir necha o’nlab odamlar qo’lga olingan.
Joriy yil davomida Polsha chegarachilari Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o’tishga 32 mingga yaqin urinishlarning oldini oldi. Asosan Iroq fuqarolari Polshaga borishga harakat qilmoqda. Ularning aksariyati Germaniyaga borishni xohlashlarini aytishadi.
