Pokistonda Imron Xon tarafdorlari poytaxtga yurish qilmoqda

Pokiston hukumati navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni rejalashtirayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon tarafdorlarining norozilik yurishlarini taqiqlashga qaror qildi.
Ichki ishlar vazirligi qarori butun mamlakat bo‘ylab Xon tarafdorlari uylarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida politsiya xodimi o‘ldirilganidan keyin e’lon qilindi. Imron Xon tarafdorlari poytaxt Islomobod tomon yurishlari kerak edi.
“Hech kimga poytaxtni qamal qilish va oʻz talablarini qoʻyishga ruxsat berilmaydi”, dedi vazirlar mahkamasi yurishlarni taqiqlashni maʼqullaganini va Xonni mamlakatda fuqarolar urushi boshlashga uringanlikda ayblagan ichki ishlar vaziri Rana Sanaulloh.
Mamlakat bo‘ylab Xon tarafdorlariga qarshi o‘tkazilgan reydlar chog‘ida 400 kishi hibsga olingan.
Sobiq bosh vazir Imron Xon o‘z tarafdorlarini poytaxt Islomobodda to‘planishga chaqirdi va hukumat muddatidan oldin saylovlarni qabul qilmagunicha norozilik namoyishlarini davom ettirishlarini ma’lum qildi.
Hukumat to‘siqlariga qaramay, yurish davom etishi kutilmoqda.
