Pokistonda 5,9 magnitudali zilzila: 20 kishi halok bo’ldi

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo’lgan 5,9 magnitudali zilzilada kamida 20 kishi halok bo’lgan. Payshanba kuni ertalab sodir bo’lgan zilzila ko’plab binolarning qulab tushishiga olib keldi. Rasmiylar qurbonlar sonining ko’payishidan xavotirda ekanliklarini aytishdi. Zilzila yerdan 9 kilometr pastda sodir bo’lgani ma’lum bo’ldi. Bu yer yuzasiga nisbatan yaqin bo’lgan zilzila bo’lgani uchun, chuqurlikda sodir bo’ladigan zilzilalarga qaraganda ko’proq vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkin.


BBC Urdu xizmati bilan suhbatda rasmiylar kamida 150 kishi jarohat olganini, kasalxonalarga yotqizilganlar orasida jiddiy odamlar borligini va qutqaruv ishlari davom etayotganini aytdi. Reuters ma’lumotlariga ko’ra, elektr uzilishi tufayli ba’zi tibbiyot xodimlari zambilda yotgan odamlarga uyali telefon chiroqlari orqali tibbiy yordam ko’rsatishga majbur bo’lishgan.

Zilzila natijasida 100 dan ortiq g’ishtli uylar qulab tushgan, ko’plab uylar vayron bo’lgan, yuzlab odamlar boshpanasiz qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda, ko’p odamlar uylarini tashlab, tong otishini Belujiston poytaxti Kettada ko’chalarida kutishgani ko’rinib turibdi.

Rasmiylarga ko’ra, ziyonning katta qismi Xarnay tumaniga to’g’ri kelmoqda. Ko’plab ko’mir konlari joylashgan tumandagi shaxtalar zilzila tufayli qulab tushgan bo’lishi mumkin degan xavotirlar ham bor. BBC bilan suhbatda Balujiston Ichki ishlar vaziri Ziyoulloh Lang mintaqaga ko’p sonli tez yordam guruhlari yuborilganini aytdi.
