Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Sharqiy Turkistondagi Xitoyning zulmi va inson huquqlari buzilishi haqida gapirishdan bosh tortdi.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Sharqiy Turkistondagi Xitoyning zulmi va inson huquqlari buzilishi haqida gapirishdan bosh tortdi. HBO telekanalida bergan intervyusida Xon jurnalistning Xitoyni Sharqiy Turkistondagi faoliyati to’g’risidagi doimiy savollarini javobsiz qoldirdi.
Islom dunyosining etakchi rahbarlaridan biri bo’lgan Imron Xon G’arbda, ayniqsa Evropa mamlakatlarida islomofobiyaga qarshi ochiq harakatlar yuritib keladi. Ammo uning Xitoy haqida sukut saqlashi Xitoyning Pokistonga sezilarli ta’siri borligini bildiradi.
Xabarlarga ko’ra, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon ma’lum sabablarga ko’ra Xitoyga javob bermayapti; «Moliyaviy muammolarga duch kelayotgan Pokiston Xitoyga tobora ko’proq moliyaviy jihatdan qaram bo’lib bormoqda. Xitoy mamlakatga milliardlab dollar qarzlar berib, unga sarmoya kiritmoqda.»