PKK\YPG: AQSh Suriyada qolishini va’da qildi

Suriya demokratik kuchlarining siyosiy qanoti «Suriya demokratik kengashi» boshlig’i Ilhom Ahmad Qo’shma Shtatlar Suriyada qolishda davom etishini aytdi.
«Qo’shma Shtatlar Suriyada 10 yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushidan keyin IShIDni yo’q qilish, infratuzilma qurish va siyosiy echim qidirishda asosiy o’yinchi sifatida qoladi», – deyiladi Ahmad bayonotida.
Ma’lumki Bashar Asadni Rossiya va Eron, mamlakatdagi PKK\YPG kuchlarini esa AQSh qo’llab -quvvatlab kelmoqda.
Biroq, 2019 yilda o’sha paytdagi prezident Donald Tramp Turkiya operatsiyasidan oldin mintaqadagi Amerika kuchlarining katta qismini Suriyadan olib chiqdi.
Boz ustiga Afg’onistondan tezda chiqib ketish va AQShning Xitoy masalasini strategik kun tartibiga birinchi o’ringa qo’yishi, Jo Bayden Afg’onistondagi kabi Yaqin Sharqdagi ittifoqchilaridan voz kechishi mumkinligi haqidagi PKK\YPG kuchlarining xavotirini kuchaytirdi.
Biroq, YPGning siyosiy qo’li bo’lgan «Suriya Demokratik Kengashi» rahbari Ilhom Ahmad, AQSh kurdlar oldida aniq majburiyat olganini aytdi.
«Ular IShIDni yo’q qilish va Suriyaning shimoliy -sharqida infratuzilma qurish uchun hamma narsani qilishga va’da berishdi», – dedi Ahmad Vashingtonda Oq uy, Davlat departamenti va Pentagon rasmiylari bilan muzokaralardan so’ng.
«Ular Suriyada qolamiz, chekinmaymiz va IShIDga qarshi kurashda davom etamiz deyishdi. Afg’onistondan olib chiqish paytida ular noaniq edi, lekin bu safar hamma narsani aniq qilib aytishdi», – dedi Ahmad.
Ahmad, shuningdek, kurdlar amerikaliklardan xalqaro yordam uchun Suriya va Iroq o’rtasidagi al-Yarubiya chegara punktini ochishda yordam berishni ham so’raganini bildirdi.
O’tgan oy Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo’lgan uchrashuvini eslagan Ahmad, ular «Suriyadagi asosiy o’yinchi» ruslari bilan ham muzokara olib borayotganlarini va Eron bilan muloqotga tayyor ekanliklarini aytdi.
