Pekin olimpiadasi: Turk sportchisi o’z chiqishi orqali uyg’urlarni qo’llab-quvvatladi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida qishki olimpia o’yinlari davom etmoqda. Tramplindan sakrash musoboqalarida Turkiyani sharafini himoya qilgan Fotih Arda Ipchio’g’li o’z chiqishlari orqali uyg’urlarni o’ziga hos tarzda qo’llab-quvvatladi.
Gap shundaki, uning sakrash chang’ilarida hamda shlemida ko’k fonda yarim oy va yulduz ya’ni, Shinjondagi turkiy ozchilik bo’lgan uyg’urlarning vatani Sharqiy Turkiston bayrog’i tasvirlangan edi. Sportchi tramplindan sakrayotgan chog’ida uyg’urlarning ramzlari translyatsilar orqali butun dunyoga uzatildi.
Hodisa ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo’ldi.
“Hurmatli birodarimiz Fotih Arda Ipchiog‘lu, Sharqiy Turkiston xalqiga bergan fidoyiligingiz uchun rahmat. Biz uyg‘urlar sizning jasoratingizni juda qadrlaymiz. Siz Xitoyning qonli rejimidan aziyat chekayotgan uyg‘urlarga birdamlik ko‘rsatgansiz”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
