O’zbekistonda qizlar maktabda milliy ro’mol va do’ppida bo’lishiga ruxsat berildi (lekin shariat ko’rsatgandek emas)

Xabarlarda O’zbekiston bo’ylab butun Maktablarda milliy ro‘mol o‘rashga ruxsat berilganligi haqidagi «yangilik» qayta-qayta xalqqa ko’rsatilmoqda. Lekin e’tibor bergan bo’lsangiz «milliy ro’mol o’rashga» faqatgina, «Islom diniga ko’ra o’rashga» emas.
Ta’kidlash joizki, aslida ro‘molni orqadan o‘rash O’zbekiston bo’ylab oldindan bor edi. Maktablarda ro‘mol o‘rab yechishni rad qilgan muslima qizlarga orqasidan o‘rash talab qilinar edi. Barchamizga ma’lumki, Islom dini ulamolari va to’rt mazhab asoschilari ayol kishining avrati eng kamida qancha bo’lishi lozimligini belgilab berishgan.
Hanafiy mazhabida muslima ayolning ikki kafti (bilagi oshig‘igacha), oyoq to‘pig‘ining pastki qismi (qadami) va yuzidan boshqa butun badani avrat hisoblanadi. Sochi, ham avratga kiradi. Demak, ayolning quyidagi a’zolari avrat sanaladi:
1. Jinsiy a’zo.
2. Ikki quloq.
3. Ikki ko‘krak.
4. Oyoqning bilak qismi va son (qadam bunga kirmaydi).
5. Qo‘l (kaft qismi avrat emas).
6. Gardan.
7. Bosh.
8. Soch.
9. Bo‘yin.
10. Yelka.
muxlis.uz kanalidan olindi.
Qizig’i shundaki o’zi bor bo’lgan narsani yengillik, islomiy hurlik, sifatida ko’rsatish tuzog’iga ko’pchilik sodda insonlar tushib ulgirgan.