O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining Termizdagi mashg‘ulotilari

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Mudofaa vazirliklari Surxondaryoning Termiz shahri poligonida Tolibonning extimoliy hujumlariga qarshi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ushbu mashg‘ulotlar qanday ketayotgani aks etgan videolavhani e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, Tolibon tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar o‘tkazishini rejalashtirish hamda qo‘shinlarni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Eslatib o’tamiz, bunday harbiy mashg‘ulotlar Tojikistonning “Harb maydon” poligonida ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etmoqda.