O‘rta yer dengizida ikkita kema cho‘kib ketdi: 163 muhojir halok bo‘ldi

O’rtayer dengizida Liviya qirg’oqlari yaqinida ikki kemaning cho’kib ketishi natijasida 163 muhojir hayotdan ko’z yumdi.
Yevropaga borish yo’lida O’rta Yer dengizida kemalarda cho’kib ketgan muhojirlar soni yil boshidan beri 1508 nafarga yetdi.
Xalqaro mehnat tashkiloti matbuot kotibi Flavio Di Jakomo Liviya poytaxti Tripoli yaqinidagi Surman qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan birinchi kemada 102 kishi, Sabrata qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan ikkinchi kemada 61 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, cho’kib ketgan so’nggi kemadan 210 kishi, jumladan 35 ayol va 10 bola qutqarilgan.
O‘tgan yili qayiqlarning cho‘kishi oqibatida 999 kishi halok bo‘lgan edi.
Yil boshidan beri Liviya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati O‘rtayer dengiziga noqonuniy ravishda Yevropaga yetib kelgan 31,5 ming muhojirni qo‘lga oldi. Ilgari bu ko’rsatkich 11 ming atrofida edi.
