O’rta yer dengizida 500 dan ortiq muhojirni ushlab turgan kema bir hafta davomida yordam kutmoqda

Norvegiya bayrog’i ostidagi Ocean Viking kemasi 6 ta operatsiyada 572 kishini qutqardi, ulardan birinchisi 1 iyul kuni O’rta yer dengizida amalga oshirildi.
Liviyadan O’rta yer dengiziga suzib ketayotgan qayiq va qayiqlardan qutqarilgan muhojirlar orasida 183 bola bor.
Dastlabki operatsiyadan bir hafta o’tgach, kema hali ham muhojirlarni qo’ndirishi uchun Maltada va Italiya o’rtasida xalqaro suvlarda xavfsiz port ochilishini kutmoqda.
Kemani boshqaradigan Germaniyada joylashgan SOS MEDITERRANEE xayriya tashkiloti Yevropa Ittifoqini 572 kishini xavfsiz joyga etkazish uchun shoshilinch harakat qilishga chaqirdi.
SOS MEDITERRANEE shuningdek, ular qutqargan odamlar Liviyada yomon muomilada bo’lganliklari va dengizdagi qiyin sayohati tufayli bir necha kun davomida Okean Viking kemasining pastki qismida quyosh ostida kutishlari kerakligini ta’kidladilar. Tashkilot shuningdek, kemadagi oziq-ovqat zaxiralari juma kunigacha tugashini e’lon qildi.
2015 yilda «Yevropa Ittifoqining O’rta yer dengizi o’limining oldini olmaganligi» sababli tashkil etilgan SOS MEDITRANEE, Yevropani «samarali, qonuniy va gumanitar qidiruv-qutqaruv dasturi» ni boshlashga chaqiradi.
Tashkilot Yevropa Ittifoqini dengizdagi odamlarni qutqarishda ishlamayotganlikda, shuningdek ularni Liviyaga qaytarishni qo’llab-quvvatlaganlikda ayblamoqda.
Liviya qirg’oq qo’riqchilari kuchlari tomonidan dengizda to’xtatilgan va ortga qaytarilgan muhojirlarga nisbatan mamlakatda shafqatsiz munosabatlarga duchor bo’lganliklari bildirildi.
Beninlik 23 yoshli qochqin Liviyadagi hibsxonada boshidan kechirganlarini quyidagicha tasvirlab berdi:
«Meni oyog’im singuncha kaltakladilar. Ular hammani zo’rlashadi. Men 4 kun davomida hech narsa yemadim va ichmadim.»