Oq uy: Rossiya Olimpiada vaqtida Ukrainaga bostirib kirishi mumkin

Rossiya Ukrainaga Pekin Olimpiadasi tugashidan oldin bostirib kirishi mumkin.
Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya avvaliga Ukrainaga havo va raketa zarbalari berishni, keyin esa quruqlikdagi operatsiyani yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Sallivanning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi har qanday vaqtda boshlanishi mumkin, shuning uchun AQSh fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak.
U harbiy harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar evakuatsiya operatsiyasini o‘tkazmasligidan ogohlantirdi.
Qo‘shma Shtatlar yaqin kunlarda Rossiya-Belarus o‘quv mashg‘ulotlari va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Qora dengizda o‘tkazayotgan manevrlari fonida Polshaga 3000 nafar askarni joylashtirishni rejalashtirmoqda.
