Nigeriyada musulmonlar qatliomi: 23 kishi o’lgan

Nigeriyaning Bauchi shtatida musulmonlar ketayotgan avtobusga qilingan hujumda 23 musulmon halok bo’ldi. Hujumni nasroniylar guruhi uyushtirgani taxmin qilinmoqda.
Diniy yig’ilishdan qaytayotgan musulmonlarni olib ketayotgan avtobus musulmonlar va nasroniylar orasida ziddiyatlari bo’lgan Nigeriyaning Bauchi shtatidagi avtomagistralda pistirma qilinganligi e’lon qilindi.
Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy hujumni qoraladi. Bauchi shtati hukumati ham hujumni qoralaganini e’lon qildi.
Aholi soni bo’yicha Afrikada va dunyoda 6 -o’rinda turadigan va tez o’sishda davom etayotgan Nigeriya aholisi 2021 yil oxiriga kelib 214 milliondan oshadi.
Musulmonlar va nasroniylar o’rtasida ba’zi to’qnashuvlar kuzatilayotgan mamlakatda, aholining 55-60 foizi musulmon, 39-44 foizi xristianlar ekanligi qayd etilgan.