Nigeriya bozorlarining biriga qilingan hujum natijasida 20 kishi hayotdan ko’z yumdi

Mintaqaviy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, qurolli odamlar Sokoto shtatining Sabon Birni tumanidagi bozorga hujum uyushtirgan.
Ta`kidlanishicha, bir nechta mototsilklarda bozor hududiga kirib kelgan jinoyatchilarning tinch aholi tomon tartibsiz o’t ochishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo’lgan, 50 dan ortiq odam jarohatlangan. Shuningdek 9 ta avtomashinalar yoqib yuborilgan.
Mintaqadagi qaroqchilarning dekabr oyidan boshlab maktab o’quvchilari va qishloq aholisini o’g’irlab pul talab qilish xolatlari ko’payganligi oqibatida millionlab odamlarning tinchligi buzildi.
Sokotodagi mahalliy parlament a’zosi Husayn Bozaning aytishicha, aholiga nisbatan qilinayotgan hujumlarning oldini olish uchun shtatda yetarli xavfsizlik choralari ko’rilmagan.
Mamlakatning shimoliy -g’arbiy qismidagi boshqa qo’shni shtatlar singari Sokoto qismlari ham qurolli to’dalar faoliyatini buzish uchun xavfsizlik operatsiyasi doirasida telekommunikatsiya tizimlari blokada qilindi.
BUndan oldin , aniqrog’i payshanba kuni xavfsizlik agentlari Zamfara shtatida qurolli to’dalar tomonidan o’g’irlab ketilgan 187 kishini qutqargan edi.
