NATO Ukraina chegarasida Rossiya qo‘shinlarini qisqartirish alomatlarini ko‘rmayapti

Shimoliy Atlantika alyansi Moskvaning bo’linmalarning bir qismini doimiy joylashtirish joylariga olib chiqish haqidagi bayonotlari fonida Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya qo’shinlarining qisqarishi alomatlarini ko’rmayapti. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda alyansga aʼzo davlatlar mudofaa vazirliklari rahbarlarining ikki kunlik uchrashuvi arafasida jurnalistlarga maʼlum qildi.
“Ayni paytda biz Ukraina chegaralari yaqinida rossiyalik harbiylar sonining qisqarishi alomatlarini ko‘rmayapmiz. Biroq biz Rossiyaning harakatlarini va Moskva tomonidan ehtiyotkorlik bilan optimizm uyg‘otadigan diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyorlik belgilarini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz”, — dedi Stoltenberg.
Uning taʼkidlashicha, qoʻshinlarni olib chiqish oʻz-oʻzidan keskinlikni pasaytirishni anglatmaydi, chunki Rossiya zarurat tugʻilganda harbiylarni tezda avvalgi pozitsiyalariga qaytarishi mumkin.
Bundan avval Rossiya ommaviy axborot vositalari orqali rus armiyasining bir qismi o’quv mashg’ulotlari tugatilgani bois Ukraina chegarasidan olib chiqilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
