Mossadning 15 josusi Turkiyada qo’lga olindi

Turk razvedkasi josuslik maqsadida faoliyat yurituvchi, har biri uch kishilik hujralardan tashkil topgan,15 kishilik Mossad guruhini qo’lga oldi. Bir yil davomida katta maxfiylik bilan o’tkazilgan operatsiya natijasida, Turkiya Respublikasi fuqarosi bo’lgan yoki Turkiyada istiqomat qilayotgan kelajagi yorqin chet ellik talabalar haqida biografik ma’lumot to’plash orqali josuslik qilgan Isroil razvedka guruhining barcha yashirin harakatlari fosh qilindi.
Milliy razvedka tashkiloti (MIT)ning muntazam izlanishlari natijasida, uch kishidan iborat guruhlarga bo’lingan 15 Mossad agentining hammasi 2021 yil 7 oktyabrda o’tkazilgan maxfiy operatsiyada qo’lga olindi.Ma’lumotlarga ko’ra, josuslarning barchasini kelib chiqishi arab millatiga mansub, MIT ekspert guruhlari ayg’oqchilarni so’roq qilishni tugatgandan so’ng, tergovni chuqurlashtirish va keng qamrovli ayblov xulosasini tayyorlashi kutilmoqda.
Turkiyaning SABAH gazetasining xabar berishicha maxsus razvedka bo’limidagi ishonchli manbalaridan olingan ma’lumotlarga muvofiq o’tkazilgan bir oylik surishtiruv ishlari natijasida Mossad josuslarining ismlari va fotosuratlarini ham qo’lga kiritgan. Ayniqsa, MIT tomonidan olib borilgan operatsiya natijasida qo’lga olingan josuslik guruhining bitta hujrasi muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Bu hujayra a’zolari asosan Isroil Mossad maxfiy xizmatining dala ofitserlari bilan bog’lanib, uchrashib turishgan. Bu uchrashuvlardan so’ng, Isroil davlati uchun muhim bo’lgan ma’lumotlar va hujjatlar razvedka usullari bilan yuborilgan va razvedka terminologiyasidagi «case officer» deb nomlangan dala zobitlariga berilgan.
Turkiya fuqarolari yoki chet ellik talabalar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar pul evaziga Mossadga yuborilgan. Aniqlanishicha, bu ishni Turkiyaning Isroilga qarshi bo’lgan Falastinliklarga qanday qulayliklar va inshootlar taqdim etishi haqida ma’lumot to’playdigan guruhning muhim a’zolaridan biri bo’lgan A.B shuningdek to’lovlar uchun jonli kuryer vazifasini ham bajargan.Qizig’i shundaki 2015 yilning oxirgi oylarida Turkiyaga kelgan A.B 2021 yil iyun oyida Istanbulning Maltepa shaharchasida yo’qolib qolgan odam sifatida politsiyaga xabar berilgan.
Yo’qolib qolgani haqidagi xabar orqali guruh faoliyatini muammosiz harakat qilishi rejalashtirilgan edi. Lekin o’sha paytda MIT allaqachon ularni kuzatishni boshlagan. Mossad uchun pul evaziga ishlagan A.B Mossadga aloqador deb tahmin qilingan 307…. raqamli Isroil pasporti egasi dala ofitseri A.Z. bilan bog’langan. A.B bu yil qilgan josusligi uchun 10 ming dollar maosh olgan.
Josus guruhlar «Protonmail» deb nomlangan ilovadan foydalanib, o’z ma’lumotlarini chet eldagi Mossad rasmiylariga yuborib turgan. Ushbu ilovada yaratilgan fayllar kodlangani ma’lum bo’ldi.
