Moskva birjasi juma kuni savdo qilmaydi

Moskva birjasi 4-mart, juma kuni ham savdolarni o‘tkazmaydi.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki jismoniy shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishda komissiyani tranzaksiya summasining 30 foizidan 12 foizigacha kamaytirishga qaror qildi.
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga hujumi va G‘arb sanksiyalaridan so‘ng, 28-fevral kuni Rossiya rubli dollarga nisbatan 20 foizdan ortiq qadrsizlandi.
Moskva birjasi 28 fevraldan boshlab savdolar uchun yopildi.
Moskva birjasi indeksi fevral oyida oldingi oylarga nisbatan 35 foizgacha yo’qotdi.
