Meksikada 100 dan ortiq noqonuniy migrantlar hibsga olindi

Meksika AQSh chegarasiga yo‘l olgan 101 nafar noqonuniy muhojirni hibsga oldi.
Meksika matbuotiga ko‘ra, politsiya Oaxaka shtatida migrantlar bo‘lgan avtobusni to‘xtatgan.
Meksika Milliy Migratsiya Instituti hibsga olinganlar hech qayerda ro‘yxatdan o‘tmagani va migratsiya byurosiga yo‘naltirilishini aytdi.
Hibsga olingan muhojirlar orasida yetti nafar hamrohsiz bola bor, deyiladi xabarda.
Hibsga olingan muhojirlarning aksariyati Kuba, Gvatemala, Nikaragua va Venesuela fuqarolari, deya xabar beradi INM.
Noqonuniy muhojirlar zo’ravonlik, ishsizlik va qashshoqlik tufayli o’z mamlakatlarini tark etadi va yaxshi hayot izlab AQShga borishga harakat qilganda, ko’pincha odam savdogarlari qo’liga tushadi.
Ko‘p yillar davomida Markaziy Amerikadan chiqib ketayotgan noqonuniy muhojirlar Gvatemala va Meksika orqali AQShga kirishga urinib kelmoqda. So’nggi yillarda noqonuniy muhojirlar orasida O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston fuqarolari ham uchrab turibdi.
