Marokashda quduqqa tushib ketgan bolani qutqarish ishlari davom etmoqda

Xabarlarga ko‘ra, Rayan ismli besh yoshli bola Chefshauendan 100 kilometr uzoqlikdagi Tamrout shahridagi quduq yonida o‘ynab yurgan vaqtida yiqilib tushgan.
Qayd etilishicha, Rayan og‘zi tor bo‘lgan quduqqa 32 metr balandlikdan tushib ketgan.
Seshanba oqshomidan beri qutqaruv ishlari davom etar ekan, hukumat vakili Mustafo Baytas, «Bolani qutqarish yaqin. Uni imkon qadar tezroq oilasiga qaytishini istaymiz» dedi.
Qutqaruvchilar kislorod niqobi va oziq-ovqatlarni quduq ostiga tushirishmoqda.
Rayan sezilarli balandlikdan qulaganiga qaramay, quduqqa tushirilgan kamera orqali bolaning boshidan engil jarohat olgani va u hushida ekanligi aniqlandi.
Voqea joyidan olingan suratlarda beshta buldozer quduqqa parallel ravishda maydon qazayotganini ko‘rish mumkin.
Payshanba kuni kechqurungacha 24 metr qazilgan va bolaga yetib borishga 6 metr qolgani qayd etilgan.
Biroq rasmiylar ayni paytda ko‘chki sodir bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
