Malida rus kuchlari tomonidan tinch aholiga qarshi qirg’inlar kuchaymoqda

Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan Yevgeniy Prigojin boshqaruvidagi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari tomonidan Malida tinch aholiga qarshi qirg‘inlar davom etmoqda.
G‘arb manbalariga ko‘ra, kompaniyaning mamlakatdagi tinch aholiga qarshi faoliyati to‘g‘risidagi tasvirlar, hujjatlar va guvohlarning so‘zlari Vagnerning tizimli qirg‘inga sabab bo‘lgani haqidagi gaplarini isbotlaydi. Kremlga yaqinligi ham ma’lum bo’lgan guruh Afrikada ko’plab harbiy jinoyatlar sodir etgani taxmin qilinadi.
Washington Post gazetasining xabariga ko’ra, G’arb razvedkasi vakillari Vagnerning Afrikada bo’lishi sababini mintaqadan moliyaviy manfaat olish bilan bog’lashmoqda, Rossiya esa Ukrainaga bostirib kirish uchun millionlab dollar ajratgan.
Guvohlar rossiyalik yollanma askarlar jihodchi tashkilotlarga qarshi “tinchlikni tiklash” bahonasida yuzlab begunoh tinch aholini o‘ldirganini ta’kidlamoqda.
ACLED ma’lumotlariga ko’ra, Mali qo’shinlari va ularning rossiyalik sheriklari aprel oyi o’rtalarida 456 tinch aholini o’ldirgan. Vagnerdan qochgan tinch aholi soni ham oxirgi paytlarda ortgan. BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi fevral oyidan beri mamlakat chegarasi yaqinidagi qochqinlar lagerlariga ro‘yxatga olishlar soni to‘rt barobarga oshganini ma’lum qildi.
AQSh harbiy rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda 800 dan 1 000 gacha rossiyalik yollanma askar bor. Ta`kidlanishicha, Vagnerning Malida bo’lishi harbiy xunta ma`muriyatiga oyiga 10 million dollarga tushadi.
2020-yilda harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Malining o‘tish davri hukumati Vagner harbiy kompaniyasi bilan emas, Rossiya armiyasi instruktorlari bilan ishlayotganini ta’kidlamoqda.
Boshqa tomondan, Rossiya Vagnerning Mali yoki biron bir Afrika davlatida milliy manfaatlarga zid harakat qilmaganini da’vo qilmoqda.
