Makron: Yaqin Sharqdagi nasroniylarni qo‘llab-quvvatlash Fransiyaning tarixiy burchidir

Fransiya prezidenti Makron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi nasroniy maktablariga moliyaviy yordam ikki baravar oshirilishini ma’lum qildi.
Makron Yelisey saroyida Yaqin Sharq mamlakatlaridagi nasroniylar uchun ishlayotgan tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.
Makron mavzuga oid bayonotida, «Xristianlarni qo’llab-quvvatlash (Yaqin Sharq mamlakatlarida) Frantsiyaning bir asrlik majburiyati, tarixiy burchidir» dedi.
Makron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi xristian maktablariga moliyaviy yordamning 4 million yevrogacha oshirilishini ta’kidlab o’tdi.
