Liviyada bosh vaziri saylanmoqda

Liviyada bo’lib o’tadigan bosh vazirlik saylovlarida ikki nomzod kurash olib borishi bildirildi.
Tobrukdagi Vakillar Palatasi raisi Akila Solihning bayonotiga ko’ra, saylovlarda Fathi Bashaga va Halid Amir al-Bibas raqobatlashadi.
Solih, bosh vazirlik sayloviga qo’shilish uchun 7 xil shaxs ariza berganligini, lekin ulardan faqat ikkitasi saylovda qatnashish uchun qonuniy shartlarga javob berganini aytdi.
Fathi Bashaga 2018-2020 yillarda Tripolida joylashgan hukumatda ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan.
Halid Amir al-Bibas esa asosan ishbilarmonlik faoliyati bilan tanilgan ism sifatida ajralib turadi. Dibas, shuningdek, vazir maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.
Saylovlar 10-fevral kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.
