Livan Bosh vaziri: Xalqimizni o’limdan qutqaring

Livanda vaqtincha bosh vazir vazifasini bajaruvchi Hasan Diyab iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgan mamlakatga yordam berishga chaqirdi.
Diyab xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, Livan ijtimoiy portlash arafasida ekanligini va mamlakatni qutqarish kerakligini ta’kidladi.
Bayrutdagi ba’zi elchilar va diplomatlar bilan uchrashuvdan so’ng Diyab quyidagi bayonotlarni berdi:
«Men do’stona va qardosh mamlakatlarni Livanni o’limdan qutqarishda va Livan yo’q qilinishining oldini olishga yordam berishga chaqiraman».
Livandagi iqtisodiy inqiroz
So’nggi yillarda Livandagi iqtisodiy inqiroz siyosiy beqarorlik ta’siri bilan kundan-kunga chuqurlashmoqda.
Yillar davomida davom etib kelayotgan inqiroz 2019 yildan keyin o’z ta’sirini oshirdi. Katta muammolar bilan kurashayotgan iqtisodiyotni o’tgan yozda Bayrutdagi portlash yanada chayqab yubordi.
Odamlar iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi va siyosatchilarning yetarlicha aralasha olmasliklaridan shikoyat qilmoqdalar. Norozilik namoyishlari vaqti-vaqti bilan davom etmoqda.
Siyosiy beqarorlik davom etayotgan Livanda inqirozni qisqa vaqt ichida hal qilinishi kutilmaydi.