Litva Ukraina mojarosi fonida Rossiyaning jig’iga tegishni boshladi

Vilnyus meri Rossiyaning Litvadagi elchixonasiga murojaat qilib, tashrif qog‘ozlaridagi manzilni yangilashni tavsiya qildi.
🇺🇦 Elchixona joylashgan ko’cha endi «Ukraina qahramonlari» ko’chasi 2 deb nomlanadi (Ukrainos Didvyrių g.)
Bundan buyon Rossiya elchixonasining har bir xodimining tashrif qog‘ozida Ukraina Qahramonlariga hurmat bajo keltirilishi kerak bo‘ladi. Va kim elchixonaga xat yuborsa, Rossiya tajovuzi qurbonlari va Ukraina Qahramonlarini yodga olishiga to’g’ri keladi.
