Lavrov Antaliyada BMT Suriya maxsus vakili bilan uchrashdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliyada BMT Suriya maxsus vakili Geir O. Pedersen bilan uchrashdi.
Rossiya TIV maʼlumotlariga koʻra, uchrashuv 10-mart, payshanba kuni Antaliyadagi Diplomatik forum doirasida boʻlib oʻtgan.
Tomonlar Suriya mojaro zonasidagi vaziyat va Suriya konstitutsiyaviy qo‘mitasi ishini muhokama qildi.
Suriyaliklarga gumanitar yuklarni yetkazib berish yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot o’rnida ayni damda Suriyaga Rossiya tomonidan muntazam yetkazib beriladigan gumanitar yordam Ukrainadagi urush sababli uzilib qoldi. Bu esa Asad rejimi uchun ko’plab muammolarni keltirib chiqarmoqda.
