Koronavirus Guantanamodagi mahbuslar orasida avj oldi

Guantanamodagi bir necha mahbusda koronavirus testi ijobiy chiqqani e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2006 yilda Guantanamoda qurilgan va hech qanday jinoyatda ayblanmagan mahbuslar joylashgan 6-lagerda kamida to‘rt nafar mahbusda koronavirus aniqlangan.
The Intercept manbalariga ko’ra, koronavirusni yuqtirgan mahbuslar 6-lagerda cheklangan imkoniyatlar bilan yashamoqda.
Middle East Eye nashriga bergan intervyusida Guantanamodagi ba’zi mahbuslarning advokatlari koronavirus bilan kasallangan mijozlarining sog’lig’i haqida hech qanday xabar ololmaganliklarini aytishdi.
Ma’lumki, Guantanamodagi barcha mahbuslar koronavirusga qarshi emlangan.
Yillar davomida inson huquqlari tashkilotlari Qo’shma Shtatlarni qamoqxonalarda tibbiy muassasalar yetarli darajada qurilmagani uchun tanqid qilib keladi. Hozirgacha ikki nafar mahbus shifokorlarning eʼtiborsizligi tufayli vafot etgan.
2002 yildan beri Guantanamoda saqlanayotgan 779 mahbusdan kampusda hayotdan ko’z yumganlar soni 9 nafarni tashkil etadi.
