Kiyev: Ukraina qurolli kuchlari bir kunda Rossiya Federatsiyasining uchta samolyoti va beshta qanotli raketasini yo‘q qildi

25-mart kuni kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Qurolli kuchlarining uchta samolyoti va kamida beshta qanotli raketasini yo‘q qildi.
Bu haqda shanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi Telegram’da ma’lum qildi.
Hisobotda qayd etilishicha, 25 mart kuni Rossiya kuchlari Ukraina hududiga bir necha yo‘nalishda yirik raketa hujumini uyushtirgan.
Birgina Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi hududida oltita qanotli raketa uchirildi. Ulardan ba’zilari zenit mudofaasi tomonidan urib tushirilgan, ba’zilari esa nishonlarga yetib borgan.
Vayronagarchilik ko‘lami va qurbonlar haqida aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.
