Kiyev: Rossiya qo‘shinlari chegaradan olib chiqilmagan

Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning aytishicha, Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida 147 ming askar to‘plagan va qo‘shinlar olib chiqilmagan.
“Biz hozirda quruqlikda 127 ming kishi, dengiz va aviatsiya komponenti bilan 147 ming kishi bo’lgan Rossiya bo’linmalarini kuzatmoqdamiz. «, dedi Reznikov.
Uning fikricha, “Rossiya harakatlaridan maqsad Ukrainani ichkaridan larzaga keltirishdir. “Siyosiy yoʻnalishimizni oʻzgartirishimiz, Yevropa Ittifoqi va NATOdan voz kechishimiz va oxir-oqibat mustaqilligimizni yoʻqotishimiz uchundir. Hozir ular ushbu stsenariyni amalga oshirishga harakat qilmoqdalar”, deb tushuntirdi Ukraina mudofaa vaziri.
