Kemada olovdan qochgan yunonlar musulmon qochqinlarni eslashdi: «Ilohiy adolat»

Kemalar orqali Gretsiyadagi o’rmon yong’inlaridan qochgan odamlarni evakuatsiya qilinishi, ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab foydalanuvchilarning Egey dengizida , Yunon qirg’oq qo’riqchilari tomonidan turli xil tazyiqlarga uchragan musulmon qochqinlar haqidagi fikrlarini keltirib chiqardi.
Mintaqada uzoq vaqtdan beri davom etayotgan va ko’plab aholi punktlariga, ayniqsa poytaxt Afinaga ham tahdid solayotgan yong’inlar Gretsiya fuqarolarini uylaridan haydab chiqardi.
Ko’plab yunon fuqarolari yong’inlar sodir bo’lgan hududlardan qayiq, kema va boshqa texnikalar bilan evakuatsiya qilingan.
Bu holat, ko’p yillar davomida Egey dengizini kesib o’tmoqchi bo’lganida, Yunon qirg’oq qo’riqchilarining aralashuvi tufayli qayiqlari teshilgan, o’ldirilgan, yaralangan va kaltaklangan Suriya, Afg’oniston, Liviya, Iroqdagi urushlar sababli qochgan musulmon qochqinlarni yodga olishga majbur qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ko’plab foydalanuvchilar bu vaziyatni «ilohiy adolat» deb ta’riflashdi.