Kecha husiylar tomonidan Saudiya Arabistoniga uchuvchisiz samolyot hujumining tafsilotlari

Kecha xabar berib o’tganimizdek dushanba kuni janubiy Jizan viloyatidagi Qirol Abdulloh aeroporti husiylar tomonidan dronlar bilan nishonga olingan.
Husiylar Yamanning poytaxti Sanadan yuborgan uchuvchisiz havo vositalarining havoda yo’q qilingani, zarralar tufayli chet el fuqarolari bo’lgan kamida 16 kishining tan jarohati olgani bildirildi.
SPA xabarida, yaralangan 3 nafar yo’lovchining ahvoli og’ir ekanligi bildirildi.
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi arab koalitsiyasi bayonotiga ko‘ra, Yamandagi husiylar oxirgi 7 yil ichida Saudiya Arabistoni hududiga 850 ta uchuvchisiz havo vositasi va 400 ta ballistik raketa hujumini amalga oshirgan. Hujumlarda jami 59 nafar tinch aholi halok bo’lgan.
