Kanadadagi cherkov maktabining hovlisidan yangi bolalar qabrlari topildi

Kanadaning «Suveren tub mahalliy millatlar federatsiyasi» tomonidan berilgan bayonotda Cowessess First Nation hududida joylashgan sobiq Marieval internat cherkovi hovlisidan yuzlab norasmiy bolalar qabrlari topilganligi e’lon qilindi. Cowessess First Nation mintaqasidagi maktab.
«Suveren tub mahalliy millatlar federatsiyasi» rahbari Bobby Kameron o’zining qo’shma bayonotida aniq jasadlar sonini aniqlash uchun ish olib borilayotganini, ammo mintaqadagi qabrlar Kanadada topilgan eng katta qabr bo’lishini ta’kidladi.
Bundan oldinroq Biritish Columbianing Kamlopps hududidagi internat cherkov maktabining hovlisidan 215 bolaning qoldiqlari bo’lgan ro’yxatdan o’tmagan qabrlar topilgan. Kanada hukumati hozirda mamlakatdagi 139 ta maktabda radar tekshiruvlarini davom ettirmoqda.