Kanadada muslima ayollarga nisbatan hujumlar ko’paymoqda

So’nggi paytlarda Kanadaning markaziy qismida joylashgan Alberta viloyatining markazi Edmonton shahrida musulmonlarga qarshi hujumlarning ko’payishi e’tiborni tortmoqda.
Taxminan 1 million aholisi bo’lgan mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri bo’lgan Edmonton, Kanadada eng ko’p migrantlar yashaydigan shaharlardan biridir. Xabarlarga ko’ra, Edmonton aholisining taxminan 8 foizi musulmonlardir.
Edmontonda yashovchi musulmonlar irqchilar va islomga qarshi kurashchilar tomonidan tobora ko’payib borayotgan hujumlar tufayli havotirga tushmoqda. Hujumlar tashqarida yolg’iz qolgan muslima ayollarga qaratilganligi va qora tanli musulmonlar ko’proq nishonga olinishi bildirildi.
Shu sabablarga ko’ra, hozirda Edmontonda Somalidan kelgan muslima ayollar o’zlarining ehtiyojlari uchun ham tashqariga yolg’iz chiqa olmayapdilar.
Ba’zi muslima ayollar ularga pichoq bilan ta’qib qilishayotganini, kaltaklanganlarini va ro’mollarini echib olishayotganini ta’kidlamoqda.