Isroilning «Masjid al-Aqsoda tinch ibodat qilish» qarori Quddusdagi keskinlikni kuchaytirmoqda

Isroil sudi yahudiylar jimjitlik bilan Masjid al-Aqsoda ibodat qilish huquqiga ega, degan qarorga keldi, bu esa mintaqada keskinlikni keltirib chiqardi.
Shuningdek sud qaroriga binoan, ilgari Masjidul-Aqsoga kirishi mumkin bo’lmagan ravvin Arye Lippoga qo’yilgan taqiq bekor qilindi.
Qayd etilishicha, Isroil sudi birinchi marotaba yahudiylar uchun Masjid al-Aqsoda jimgina namoz o’qish jinoyat emas, degan qarorga kelgan.
Falastinlik bu qaror Masjid al-Aqsoga bostirib kirgan yahudiylar sonining jiddiy o’sishiga olib keladi degan fikrdalar.
Taniqli Falastin arboblari va ko’plab guruhlar ham Isroil qaroriga munosabat bildirishdi.
Masjid al-Aqso notiqlaridan Shayx Ikrima Sabriy, Isroil ma’muriyatining Masjidul-Aqso haqidagi har qanday qarorining haqiqiy emasligini va mutlaqo noqonuniy ekanligini aytdi.
Falastin Demokratik Jabhasi (FDKC) vakillari esa Isroil sudining «yahudiylarga Al-Aqso masjidida jimgina namoz o’qish imkoniyatini bergan» qarori yahudiylarning mentaliteti, afsonalari va yolg’onlarini ta’kidlashga asoslangan. Xurofotlarga asoslangan sionistik tushuncha va Falastin xalqining o’z yurtidagi va Quddusdagi milliy huquqlarini e’tiborsiz qoldiradi «deya ta’kidladilar.
Falastin islomiy qarshilik harakati (Hamas) «Bu qaror muqaddas Masjid al-Aqsoga ochiqchasiga dushmanlikdir. Bu barcha siyosiy huquqlarni oyoq osti qiladigan urush e’lon qilinishi, din va qadriyatlarga qarshi dushmanlik munosabatidir»,-deya bayonot berdi.
Al-Quds vaqflari, Islom muqaddas va asarlar kengashi, Oliy islom delegatsiyasi, Shariat sudlari oliy sudi, Falastin fatvo idorasi va Al-Quds islom asoslari ma’muriyati kabi tashkilotlar ham qo’shma bayonotda Isroilning qarorini qoraladi.
Bundan tashqari Din ishlari prezidenti Ali Erbash bu qarorni qattiq qoraladi. Erbash: «Musulmonlar uchun Masjidul-Aqsoning muqaddasligi va huquqiy maqomiga tahdid soluvchi bu qaror, ishg’ol etuvchi Isroil davlatini rag’batlantiradi va uni bosib olib, Falastin musulmonlariga zulmini davom ettirishiga sabab bo’ladi» dedi. Siz bu xavfli qarorga qarshi chiqishingiz kerak. Bizning birinchi qibla-Masjid al-Aqsodir. Quddus, musulmonlarga tegishli va bir umr shunday qoladi «, deya fikr bildirdi.
