Isroillik deputatlar Yevropa Ittifoqidan o‘z mamlakatlariga qarshi sanksiyalar joriy etishni so‘ramoqda

Isroilning ikki deputati Mossi Raz va yordamchisi Tuma Sulaymon Yevropa parlamentiga maktub yo‘llab, Isroilning falastinliklarga nisbatan kamsitishlari va turli xil zulmlaridan shikoyat qilib, Yevropadan Isroilga nisbatan ahloqiy sanksiyalar joriy etishni talab qildi.
Mossi Raz va yordamchisi Tuma Sulaymon, yaqin kunlarda bu masalani muhokama qilish uchun Yevropa Parlamenti deputatlari bilan uchrashish uchun tayinlaganliklarini jamoatchilikka e’lon qildi.
Ikki isroillik deputatning Falastinliklarning huquqlarini himoya qilish uchun Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni talab qilgan harakati Isroilda katta e’tirozlar bilan kutib olindi.
Isroil matbuoti Mossi Raz va yordamchisi Tuma Sulaymonni deputatlik lavozimidan tushirishga chaqirmoqda.
Shimoliy Iroqdan bo’lgan G’arbiy Quddusda (1965) yahudiy oilasida tug’ilgan Mossi Raz ko’p yillar davomida Meretz partiyasining a’zosi bo’lib Knessetda (Partiyalarning oliy kengashi) Isroil parlamenti a’zosi sifatida ish olib boradi.
6 deputatga ega bo’lgan va Isroilda hozirgi 8 partiyali hukmron koalitsiyadan joy olgan Meretz partiyasi «ikki davlat yechimi «Falastinning cheklangan hududda bo’lsa-da” mustaqil bo’lishi tarafdori.
Mossi Raz esa Meretz deputatlari orasida Isroilni Falastinliklarga nisbatan eng qattiq tanqid qilgan ism sifatida diqqatni tortmoqda.
Isroildagi nasroniy arablarning markazi hisoblangan Nosira shahrida tug’ilgan uning yordamchi Aida Tuma Sulaymon (1964) esa, Isroildagi arab partiyalaridan birida doimiy a’zo sifatida ro’yhatga olingan.Qo’shma ro’yxatda Knessetda muxolifatning 6 nafar deputati bor.
Mossi Raz va yordamchisi Tuma Sulaymon bu yil 1967 yilda Isroilning Sharqiy Quddus, G’arbiy Sohil va G’azo sektorini ishg’ol qilishiga ishora qilib, Falastinliklarga nisbatan huquqlar poymol qilingan hozirgi holatini tanqid qilib, «54 yil ishg’ol va kamsitish» nomli tadbir uyushtirdi va Isroilning inson haq huquqlari buzilishi va hozirgi bosqinchi harakatlarini qoralab chiqdi. Shundan so’ng yahudiylaring katta e’tiroz va tanqidlariga uchragan edi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Meretz partiyasiga Mossi Razning ovozini o‘chirish uchun bosim o‘tkazgan, chunki u hukumatni tuzgan koalitsiya partiyalaridan biri edi. Ammo Isroil hukumati 120 deputatga ega bo’lganligi sababli, Knessetda (Partiyalar oliy kengashi) atigi 61 deputatga ega bo’lgani sabab har bir deputat hukmron koalitsiya uchun juda muhimdir. Shu bois, Bosh vazir boshchiligidagi norozi tomon Isroil hukumatiga qarshi ishlar olib borayotgani uchun Mossi Razga nisbatan ortiqcha bosim qila olmayabdi.
