Isroil ukrainalik yahudiylarni immigratsiyaga chaqirmoqda

Sharqiy Quddusni bosib olgan Isroil, yahudiylarning Falastin aholisidan demografik “ustunligini” saqlab qolish uchun ukrainalik yahudiy qochqinlarni jalb qilishdan manfaatdor, deydi olimlar va tahlilchilar.
24-fevralda Rossiya bilan urush boshlanganidan beri Isroil hukumati ukrainalik yahudiy qochqinlarni Isroilga ko‘chib ketishga undadi va ularning tezroq yetib borishini ta’minlash uchun byurokratik to‘siqlarni olib tashladi.
Biz Ukraina yahudiylarini sizning uyingiz bo‘lmish Isroilga ko‘chib ketishga chaqiramiz”, — deyiladi Isroil Immigratsiya va Absorbsiya vazirligi 26 fevraldagi bayonotida.
Hozirgacha kamida 100 nafar ukrainalik yahudiy ikkita reys bilan Isroilga keldi, biri Kiyevdan, ikkinchisi Odessadan. Yakshanba kuni yana 300 ga yaqin yahudiy uch reys bilan keladi. Hukumat rasmiylarining aytishicha, yaqin haftalarda 10 mingga yaqin odam kelishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni Jahon sionistik tashkilotining Isroil hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan va bevosita nazorati ostida boʻlgan turar joy boʻlimi ham Isroilda, ham noqonuniy ravishda bosib olingan Falastin hududlaridagi aholi punktlarida ukrainalik yahudiy oilalar uchun 1000 ta uy-joy qurilishini eʼlon qildi.
